Kamchatkadagi bolalar kasalxonasida oftalmolog yo`qligi sababli bolaning ko`zi ko`r bo`lib qoldi

11:32, 08 noyabr

Kamchatka o`lkasi kasalxonasining shtatida oftalmolog yo`qligi sababli bolaning ko`zlari ojiz bo`lib qoldi. Shu munosabat bilan tergov qo`mitasi “mas`uliyatsizlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`adi, bu haqda «Interfaks» xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2012 yilning sentyabridan 2013 yilning fevraliga qadar bolalar kasalxonasida malakali bolalar oftalmologi bo`lmagan,shu sababli 2012 yilda tug`ilga bolaga o`z vaqtida to`g`ri tashxis qo`yilmagan. Kasallik esa ko`zi ojizlikka olib kelgan.

Tergov surishtiruv qo`mitasi rahbari mazkur vaziyat o`rganilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarga jazo ko`rilishini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!