Juftini qizg`angan pingvin raqibi bilan qonli olishuvga kirishdi(Video)

11:35, 08 noyabr

Ikki nafar Magellan pingvinlari o`rtasidagi beayov kechgan janjal videoga tushib qoldi, deb yozadi “Vesti”. Mazkur video National Geographic tomonidan e`lon qilindi. Hodisa Argentinadagi Punta Tombo qo`riqxonasida yuz berdi. Bu erga bir yilda yuz minglab pingvinlar suzib keladi. 

Pingvinlar o`rtasidagi jang ulardan biri juftining yonida boshqa pingvinni ko`rib qolganidan so`ng boshlandi. 

Raqiblar birdan bir-biriga tashlanib ketdi va bir-birini tumshuqlari hamda qanotlari bilan ura boshladi. Odatda pingvinlarning bu turi mustahkam juftlik yaratadi va bir necha yillar davomida birga yashaydi. Ko`rinib turibdiki, bu ikki pingvin bunday holdan istisno bo`lgan. 

Qonli jang mobaynida pingvinlar urg`ochi pingvinni chaqirib, o`zlaridan birini tanlashini so`raydi. Urg`ochi pingvin o`z juftini emas, boshqa pingvinni tanlaydi. “Aldangan” pingvin so`nggi damgacha jufti uchun kurashadi, biroq engiladi...

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!