Oktyabr oyida poytaxtdagi kvartiralar narxi 2 foizga arzonlashdi

14:03, 08 noyabr

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o`rtacha narx sentyabrdagi bir oz ko`tarilishdan so`ng oktyabrda 2 foizga arzonlab, 577 sh. b. (shartli birlik)dan 564 ga qadar etdi. Mazkur ma`lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o`z ifodasini topdi.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 543 sh. b. dan 537 sh. b. ga (-1%) arzonlagan bo`lsa, g`ishtli uylar narxi 3 foizga pastladi — 621 o`rniga 602 sh. b.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo`lmoqda: bir xonali kvartiralar — 560 sh. b. (-2%), ikki xonali — 557 (-1%), uch xonali — 573 (-3%), to`rt xonali — 583 (-2%).

Bu boradagi to`liq ma`lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!