Anjelina Joli i Bred Pitt farzandlariga vasiylik qilish masalasida kelishib oldi

14:05, 08 noyabr

Gollivud yulduzlari Anjelina Joli i Bred Pitt rasman ajrashganlaridan so`ng farzandlariga vasiylik qilish masalasi yuzasidan kelishib oldi, deb xabar beradi “Tjournal” nashri. 

Ma`lumotlarga ko`ra, yulduzli juftlikning olti nafar farzandlari Joli bilan birga yashaydi. Pitt esa ulardan xabar olib turishi mumkin. 

Eslatib o`tamiz, sentyabr oyi so`ngida aktrisa Anjelina Joli ajrashishga ariza bergani ma`lum bo`ldi. U mazkur qarorini eri bilan “til topisha olmayotgani” bilan izohladi. 

Aktrisa suddan olti nafar farzandini yolg`iz o`zi bilan birga yashashini talab qildi. Pitt esa yuridik jihatdan ular ustidan vasiylikni saqlab qoladi.  

Pitt va Joli 2014 yilda ko`p yillik tanishuvdan so`ng turmush qurgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!