Moskvada devordagi tuynuk orqali 23 million rubllik qizil ikra o`g`irlab ketildi

14:08, 08 noyabr

Moskva shahrining shimolida joylashgan tijorat tashkilotlaridan birining hududidagi devor tuynugidan kirgan noma`lum shaxslar 13 tonna, narxi 23 million rubl bo`lgan ikrani o`g`irlab ketdi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri.

Huquq-tartibot idorasi xodimlarining ma`lumot berishicha, jinoyatchilar beton devordan ochilgan tuynuk orqali tijorat tashkiloti hududiga kirib, yonma-yon turgan uch konteynerda saqlangan, har biri 11 va 13 kilogrammdan bo`lgan plastik kubokonteynerlarda bo`lgan qizil ikrani o`g`irlab ketgan.

Polisiya boshlig`ining bergan ma`lumotiga ko`ra, o`g`irlangan mahsulot narxi 23 million 461 ming rubl, deb baholangan. Mazkur fakt yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!