Mosulda boshi tanasidan judo qilinganlar qabristoni topildi

14:20, 08 noyabr

Mosulni “Islom davlati” terrorchilar guruhidan ozod qilish uchun kirgan Iroq harbiylari boshi tanasidan judo qilinganlarning birodarlik qabristoniga duch keldi, deb xabar berdi  “Tengrinews.kz” nashri.

Nashrning xabar berishicha, qatl etilganlar Mosul shahri yaqinidagi Hammam al-Ali shahridagi maktab hududiga ommaviy tarzda dafn etilgan. Bu shahar Mosulga janub tomondan kiraverishda joylashgan bo`lib, eng so`nggi aholi punkti hisoblanadi.

BMT inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha oliy komissarligi boshqarmasi o`tgan haftada “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari Mosul shahrida yashovchi tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etganini, 10 yoshgacha bo`lgan bolalarni majburlab saflariga qo`shayotganligini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!