O`zbekiston aholisi Super Oy hodisasining guvohi bo`lishadi

14:34, 08 noyabr

14 noyabr kuni Erliklar so`nggi 70 yildagi eng katta va yorqin Oyni kuzatish imkoniga ega bo`lishadi. Keyingi safar bunday astronomik holatni 2034 yilda kuzatish mumkin bo`ladi.

NASA ma`lumotlariga ko`ra, shu kuni Erning yo`ldoshi 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq bo`ladi. Bunday holat Oy va Erning maksimal yaqinlashishi hisobiga sodir bo`ladi.

Super Oy hodisasi dunyo vaqti bilan soat 11:23 da yoki Toshkent vaqti bilan soat 16:23 da sodir bo`lib, soat 18:52 da pik holatiga etadi.

UZ24 nashriga Mirzo Ulug`bek nomidagi Astronomiya institutidan xabar berishlaricha, O`zbekiston aholisi ham Superoy hodisasining guvohi bo`lishlari mumkin. Bu hodisa Quyosh botganidan so`ng sodir bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!