Toshkentda burilish mumkin bo`lmagan joydan qayrilgan marshrutka ag`darilib ketdi(Foto)

16:38, 08 noyabr

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumani TTZ dahasidagi avtostansiya yaqinida marshrutka va Nexia avtomobillari o`rtasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda.

Quyidagi suratlarda yo`l o`rtasida ag`darilib yotgan 76-sonli yo`nalish marshrutkasini ko`rish mumkin. 

“TTZda avariya. Marshrutka burilish mumkin bo`lmagan joydan qayrildi. Unga esa Nexia kelib urildi. O`zim har kuni mana shu erdan xavotir bilan o`taman. Burilish belgisi bo`lmasa ham ba`zan avtobus, ba`zan marshrutka qayrilib qoladi”,—deb yozadi hodisa guvohlaridan biri. 

YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.






Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!