Homiladorlikda sut mahsulotlarini qay tarzda iste`mol qilgan ma`qul?

16:55, 08 noyabr

Sut vitamin va mikroelementlarga boy ichimlik. Agar organizmingiz avvaldan uni hazm qilishga qiynalsa, homiladorlikda sutdan voz kechgan afzal. Ammo, oldin hech qanday muammo bo`lmagan ekan, uni bu nozik pallada ichish mumkin, hattoki zarur! 

1.  Bo`lajak ona organizmida sut yaxshi hazm bo`lishi uchun, uni choy, suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirib ichgan ma`qul.

2.  Taomlanib bo`lgandan keyin sut ichish, ovqat hazm qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Sutni och qoringa ichish tavsiya etiladi.

3.  Homilador ayollarga sutni bir simirishda ichib yuborish tavsiya etilmaydi, aksincha uni oz-ozdan ichsangiz foydali moddalari homilaga yaxshi ta`sir etadi.

4.  Sutni aslo qaynatmasdan icha ko`rmang.

5.  Homiladorlik vaqtida eng foydalisi echki sutidir. Birinchidan, uning tarkibida yog` miqdori ancha kam, tarkib ona sutiga o`xshaydi. Ikkinchidan, esa immunitetni mustahkamlab, bo`lajak onaning kasallikka chalinishiga yo`l qo`ymaydi. Qolaversa, oson hazm bo`ladi. 

6.  Asalga allergiyasi bo`lmagan ayollar sutni asal bilan aralashtirib ichishsa, asab tizimi va uyqu yaxshilanadi,  toksikoz engilroq o`tadi.

7.  Oshqozon yarasi yoki kamqonlikdan aziyat chekayotgan bo`lajak onalar sut ichmaganlari ma`qul.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!