Artur Gevorkyan Turkmaniston terma jamoasi ixtiyoriga jo`nab ketdi

09:00, 09 noyabr

Xabaringiz bor, FIFA kunlari sabab ayni paytda milliy chempionatlarda qisqa tanaffus yuzaga keldi. Endilikda yaqin bir hafta davomida futbol jamoatchiligi e`tibori terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarga qaratiladi.

Ertaga ikki qo`shnimiz – Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o`zaro o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazishadi. Mazkur uchrashuvga Turkmaniston terma jamoasi ustozi Amangilich Kochumov jami 4 nafar legioner taklif etdi. Ularning 3 nafari O`zbekiston oliy ligasidan chaqirilgani diqqatga sazovordir. Shu jumladan, “Lokomotiv” jamoasi etakchilaridan biri Artur Gevorkyan ham ushbu o`yinga taklif etildi va mahoratli yarim himoyachi Dushanbe shahriga yo`l oldi.

Ta`kidlash joiz, Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvi ertaga Dushanbe shahridagi “Respublika Markaziy stadioni”da bo`lib o`tadi. O`yinning boshlanish vaqti 17:00.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!