Shavkat Mirziyoev samarqandlik saylovchilarni o`z saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi

09:42, 09 noyabr

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 8 noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvni O`zLiDePning Samarqand viloyati kengashi raisi M.Xolmuhamedov ochdi. 

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko`lamli islohotlar natijasida mamlakatimizning barcha hududlari qatori Samarqand viloyati ham har tomonlama ravnaq topmoqda. 2010 yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar o`sgan va bu sur`at izchil davom etmoqda. Viloyat iqtisodiyoti tarkibida sanoatning ulushi 2011 yilda 18 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bilan 23,8 foizga etishi kutilmoqda. Keyingi besh yilda viloyatda 100 dan ortiq yangi qo`shma va xorijiy korxonalar tashkil etilib, ularning soni 259 taga etgan. Mazkur korxonalar tomonidan yiliga 2,5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so`zladi. 

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o`sish sur`atlarini ta`minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta`minlash, iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko`paytirish, aholi bandligini ta`minlash, hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalar o`z ifodasini topgan. 

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o`tdi. Samarqand shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o`z fikrlarini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!