“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos og`ir jarohati tufayli operasiya qilinishi mumkin

10:29, 09 noyabr

“Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos jarohati tufayli uch oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqdagi ma`lumotni ESPN FC portali xabar berdi.

Tajribali yarim himoyachi “Leganes”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 11-turida o`ng oyog`idan jiddiy jarohat olgandi va unga jarrohlik amaliyoti kerak bo`ladi.

Ma`lum qilinishicha, operasiyadan so`ng butunlay tiklanib, safga qaytish uchun kamida 3 oy kerak bo`ladi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!