Plastik jarrohlik qurboniga aylangan rossiyalik mashhur yulduzlar

10:44, 09 noyabr

Bu mashhur yulduzlar tashqi qiyofasini yanada go`zallashtirish uchun plastik jarrohga murojaat qilishgan, ammo oqibatda...

1. Yulya Volkova
Lablarini keragidan ortiq ravishda kattalashtirgan Yulya, jarrohlik natijasidan xursand bo`lgandi. Ammo plastik jarrohlik muvaffaqiyatsiz o`tgan mashhurlar reytingiga tushib qolgach, fikridan qaytdi va labini ilgarigi holiga qaytardi.

2. Masha Malinovskaya
Smolensklik bu qiz nafaqat model, teleboshlovchi, balki siyosatchi sifatida ham nom qozongan. Tashqi qiyofasini o`zgartirishni istagan Masha yuqori labini quyonning labiga o`xshatmaguncha tinchimadi.

3. Aleksa
Aleksaning labi tabiatan go`zal edi, ammo odamga har doim nimadir etishmaydi. U 23 yoshga kirganda Anjelina Joliga o`xshashni istab qoldi va lablarini kattalashtirib, burnini kichraytirdi. Oqibatda qiz katta yoshli ayolga o`xshab qoldi.

4. Vera Alentova
Uchinchi marotaba yuzni torttirish bo`yicha o`tkazilgan jarrohlik operasiyasi Vera Alentovaga qimmatga tushdi. Natijada ko`zlari, lablari qiyshayib, go`zal chehrasini xunuklashtirib qo`ydi.

5. Sasha Project
Sasha plastik jarrohlik to`g`risida shunday dedi: “Men har doim tashqi qiyofamdan mamnun bo`lganman. Burnimdan yaxshi nafas ololmaganim uchun plastik jarrohga murojaat qilganman. U meni operasiyadan keyin nafas olishim yaxshilanishiga ishontirdi va “Iyaging juda nozik, xunuk osilib turibdi, implant o`rnatish kerak” dedi. O`sha paytda jarrohning gaplariga ishonib, darrov rozi bo`ldim. Endi o`ylab qarasam, plastik jarroh juda kuchli psixolog bo`lgan ekan”.

6. Marina Xlebnikova
Marina ilk marotaba 47 yoshida, yoshligini saqlab qolish maqsadida murojaat qilgan edi, afsuski , jarrohlik u kutgan natijani bermadi. 

7. Oksana Fyodorova
“Koinot go`zali-2002” tanlovinin g`olibasi shundoq ham go`zal chehrasini yanada ko`rkamlashtirish maqsadida plastik jarrohga murojaat qildi. Natijasiga o`zingiz baho bering.

8. Natalya Andreychenko
Natalya lablarini chiroyli qilish maqsadida, plastik operasiyani AQShda o`tkazdi. Ammo u faqat lablari bilan cheklanib qolmadi, natijasidan esa juda mamnun.

9. Masha Rasputina
Masha plastik jarrohlikni boshdan o`tkazgach, uning asl qiyofasidan faqatgina yuzidagi kulgich qoldi, xolos.

10. Sergey Zverev
Tashqi qiyofasidan nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham ko`ngli to`lmasligini Sergey Zverev o`z harakatlari bilan tasdiqladi. Ba`zilar uning avtofalokatdan keyin plastik jarrohlik stoliga yotgan, deb fikr bildirsa, ba`zilar esa u ilgaridan tashqi qiyofasini o`zgartirishni xohlagan deyishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!