Munisa Rizaeva: “ Do`stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o`z halovatini o`ylaydigan xudbinlar...”

10:53, 09 noyabr

Xonanda Munisa Rizaevaning Instagram ijtimoiy tarmog`iga yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e`tiborini tortdi. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so`zlari uning muxlislarini bee`tibor qoldirmadi. 

“Mangulik... Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo`qotdim. Do`stlarimga qolmadi ishonch, faqat o`z halovatini o`ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko`tarilib suvning asl ko`rinishini ifloslantirganidek, ba`zi bir do`stlar ham niqobini vaqt o`tgan sayin echib o`zlarini aslida mangu qanday bo`lganliklarini oshkora ko`rsatishadi. Yuragimga kamon o`qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do`stlarim tamonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo`lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma`lum bir vaqt o`z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g`arq bo`ldim!!!”,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini. 

Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so`ragan. Mazkur savolga javoban u 

“Peshona!!! Alloh o`zi biladi qachon, nima qanaqa! Siz o`zingizni hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!”,—deya javob berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!