Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on va Oqdaryo tumanlari hokimlari o`zgardi

11:56, 09 noyabr

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzaev ishtirok etdi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligining saytida xabar berildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Nurali Berdibaev o`z arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko`ra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

Xalq deputatlari Kattaqo`rg`on shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Z.Mirzaev tashkiliy masalarni ko`rib chiqdi. 

Kattaqo`rg`on shahar hokimi Shuxrat Rahmonov   o`z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Safiyulaevich Sadullaev viloyat hokimi tavsiyasiga ko`ra, shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!