Garet Beyl Uelsda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

11:58, 09 noyabr

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl ketma-ket to`rtinchi marotaba Uelsning eng zo`r futbolchisi, deb tan olindi. Futbolchi faolyaiti davomida bu sovringa oltinchi marotaba ega chiqmoqda.

“Uelsning eng yaxshi futbolchisi bo`lish men uchun katta sharaf. Barchaga rahmat aytmoqchiman”, – deb yozadi futbolchi “Tvitter”dagi sahifasiga.  

Ma`lumot uchun, Garet Beyl 2016 yilda "Real" bilan EChL g`olibi bo`ldi, Uels terma jamoasini ilk tarixda birinchi marta Evropa chempionatining yarim finaliga olib chiqishiga hissa qo`shdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!