Shakar haqida 4 ta fakt

15:23, 09 noyabr

Shakar foydalimi yoki zararli degan savol ko`pchilikni qiziqtiradi. Quyida shakar haqida o`z isbotini topgan asosiy faktlarni keltirib o`tamiz. 

1.   “1 osh qoshiq shakar + 1-2 tomchi sirka” guldasta uchun eng yaxshi ozuqa. Guldon suviga masalliqlardan aralashtirib, so`ng uzilgan gullarni joylasangiz, bir haftagacha ko`rinishini yo`qotmaydi.

2.   Shakar tarkibiga ko`ra antibakterial xususiyatga ega. Ehtiyotsizlik sabab,  barmog`ingizni kesib olsangiz, jarohat ustiga shakar sepib qo`ying. 

3.  Qahva maydalagich yoki ziravorlar solingan idishlarni tozalayotganda shakarli suv bilan artib oling. Bu yo`l bilan shirin yordamchingiz yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.

4.  Achchiq ta`mli egulikdan ko`nglingiz behuzur bo`lsa, yarim soat o`tib nimtatir shirin suv iching. Balki ishonmassiz, ammo shakarli suv oshqozondagi bezovtaliklarni engillashtiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!