Qandli diabet bilan nazoratda turgan bolalarga bepul dori-darmonlar tarqatildi

16:11, 09 noyabr

Yuqori Chirchiq tumanida 14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Birgalikda kuchlimiz – hamjihatlikda kurashaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali tomonidan o`tkazilgan aksiyada viloyat xotin-qizlar qo`mitasi vakillari, sog`liqni saqlash boshqarmasi, endokrinologiya dispanseri mutaxassislari, bolalar va ota-onalar ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, ona va bola salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi. Birinchi Prezidentimizning 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O`zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o`smirlar sog`lig`ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to`g`risida”gi qarori bu borada muhim omil bo`lmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!