O`zbekiston U-22 terma jamoasi Meksikaga mag`lub bo`ldi

21:52, 09 noyabr

Avval xabar berganimizdek, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoyda o`tkazilayotgan xalqaro o`rtoqlik turnirida ishtirok etmoqda.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu turnir doirasida O`zbekistonning dastlabki raqibi Meksika bo`ldi. Uxan shahridagi "Wuhan Sports Center" stadionida bo`lib o`tgan uchrashuv, meksikaliklarning 2:0 hisobidag`i g`alabasi bilan yakun topdi.

Ushbu xalqaro turnir doirasida O`zbekiston keyingi uchrashuvini musobaqaga mezbonlik qilayotgan Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. O`yin 10 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 16:35da start oladi.

O`zbekiston U-22 - Meksika U-22 0:2

8 noyabr 2016, "Wuhan Sports Center" stadioni

O`zbekiston: Dilshod Hamraev, Rustam Ashurmatov (s), Akramjon Komilov (Begzod G`anijonov, 81), Xurshid G`iyosov (Saidjamol Davlatjonov, 68), Dostonbek Tursunov, Jasurbek Yaxshiboev, Abdujamol Isroilov, Abbos Otaxonov, Dostonbek Hamdamov, Doston Ibragimov (Andrey Sidorov, 68), Zabixillo O`rinboev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!