AQShning Nebraska shtatida o`lim jazosi qayta tiklandi

10:34, 10 noyabr

AQShda bo`lib o`tgan referendumlar jarayonida Nebraska shtatida o`lim jazosi qayta tiklandi, Kolorado shtatida esa o`limi muqarrar bo`lgan bemorlarga nisbatan evtanziyani qo`llashga ruxsat berildi, deb xabar qildi “Vbc.com” nashri. 

Nebraska shtatida 2015 yilda o`lim jazosini bekor qilish uchun 61,2 % , uni saqlab qolish uchun 38,5% odam ovoz bergan. Jazoni bekor qilishni istaganlarning asosiy qismi qishloq aholisidir. O`lim jazosi birinchi darajali qotillik qilgan sudlanuvchilar uchun qo`llanadi.

Kolorado shtatida esa olti oy umri qolgan, o`limi muqarrar bo`lgan bemorlarga nisbatan evtanziya qo`llash haqidagi qonun loyihasi ovozga qo`yildi va uni qo`llashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, evtanziyaga AQShning Vashington, Vermont, Oregon va Kaliforniya shtatlarida ham rasman ruxsat berilgan. O`lim jazosini qo`llash AQShning 31 shtatida qonunchilik tomonidan ko`rib chiqilgan bo`lsa-da, ammo ularning barchasida ham bu jazo turi qo`llanmaydi.

2015 yilda AQShning Texas, Missuri, Oklaxoma, Jorjiya, Florida va Virjiniya shtatlarida 28 jinoyatchi o`lim jazosiga hukm qilingan bo`lsa, 2016 yilning boshidan beri ularning soni 17 kishiga etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!