Xitoylik vrach bemorning qo`lida sun`iy quloqni o`stirdi

10:59, 10 noyabr

Xitoylik vrach bemorning qo`lida sun`iy quloq yaratishga muvaffaq bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Xitoyning Shensi viloyatidagi Jao Tong universiteti qoshidagi kasalxona vrachi Go Shuchjun (Guo Shuzhong) rahbarligida o`tkazilayotgan sinov hali nihoyasiga etmadi.

Janob Szi ismli bemor avtofalokat oqibatida o`ng qulog`idan ayrilgan. Yuzining o`ng tarafi ham qattiq jarohatlangani tufayli bir necha plasktik operasiyani boshdan kechirgan va yuz terisi qayta tiklangan. Ammo an`anaviy tibbiyot yordamida qulog`ini tiklashning imkoni bo`lmaganligi sababli, u doktor Go Shuchjunga murojaat qilgan. Doktor operasiyani uch bosqichda o`tkazishga qaror qildi. Birinchi galda Szining bilagiga terini kengaytiruvchi moslama o`rnatdi, keyin uning qovurg`asidan tog`ayni olib, quloq shakliga keltirdi va qo`liga joylashtirdi.

Quloqni joyiga o`rnatish operasiyaning uchinchi bosqichi hisoblanadi, Shuchjunning rejasiga ko`ra, bu so`nggi operasiya 2-3 oydan keyin o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!