O`zbekiston terma jamoasi o`rtoqlik o`yinida Iordaniyadan ustun keldi

08:25, 11 noyabr

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o`yinga tayyorgarlik jarayoni doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi.

“Paxtakor” markaziy stadonida bo`lib o`tgan ushbu o`yinda O`zbekiston Igor Sergeevning birinchi bo`lim nihoyasidagi goli evaziga kichik hisobdagi g`alabani qo`lga kiritdi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi 15 noyabr kuni maydonga tushadi.

O`rtoqlik uchrashuvi

O`zbekiston - Iordaniya 1:0

10 noyabr 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni

Gol: Igor Sergeev (45)

O`zbekiston: 21. Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 8.Server Jeparov (15.Aleksandr Geynrix, 45), 9.Odil Ahmedov (10.Sardor Rashidov, 45), 11.Igor Sergeev, 13.Davron Hoshimov, 17.Vadim Afonin (7.Aziz Haydarov, 72), 18.Otabek Shukurov (14.Javohir Sohibov, 65), 19.Vitaliy Denisov (16.Stanislav Andreev, 46), 23.Eldor Shomurodov (6.Jalolidin Masharipov, 59)

Iordaniya: Al-Fitianiy, Ar-Ravashda, Hattob, Zavahra, Ad-Dmeyriy, Abu Amara (Salim 82), Al-Murjan (Mahmud 68), Hasan, Baxit (Sulaymon 80), Ravshda, Solih

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!