Abu Zim`a: Bugungi o`yinda har ikki jamoa ham tajriba orttirdi

08:34, 11 noyabr

Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Abu Zim`a O`zbekiston terma jamoasiga qarshi (0:1) kechgan o`rtoqlik o`yindan so`ng uyushtirilgan matbuot anjumanida o`yin borasidagi fikrlarini bilan o`rtoqlashdi.

"Avvalo, O`zbekiston terma jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Umuman olganda, har ikkala jamoa holati turlicha. O`zbekiston JCh-2018ga borish uchun da`vogar bo`lib turibdi, tayyorgarligi  shunga yarasha, doimiy ravishda yig`inlar va rasmiy o`yinlar o`tkazyapti.

Iordaniya esa yangi tayyorgarlik bosqichini boshladi. Jamoamiz avlodlar almashuvi jarayonini o`tkazmoqda. 4 kun ichida ikkinchi o`yinda maydonga tushdik. Iroq bilan (0-0) durang o`ynagan edik. Aynan shu tarkibdan yana foydalandik. Jamoamiz futbolchilari hali yosh, ularni tajriba orttirib olishi uchun jalb qilgandik. Shunga qaramay, biz O`zbekiston bilan raqobatlasha oldik va ba`zi holatlarda ularga nisbatan xavfliroq ham o`ynadik.

O`zbekiston o`z vaziyatidan foydalanib, darvozamizni ishg`ol qildi va g`alaba qozondi. O`ylashimcha, bugungi o`rtoqlik o`yinidan har ikkala terma jamoa ham tajriba orttirib oldi” – deydi Abdulla Abu Zim`a.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!