Samvel Babayan: Iordaniya biz uchun yaxshi raqib bo`ldi

08:45, 11 noyabr

O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iordaniyaga qarshi (1:0) kechgan o`rtoqlik uchrashuvidan so`ng uyushtirilgan matbuot anjumanida o`yin borasidagi fikrlari bilan o`rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

“Kuchli va munosib raqibga qarshi yaxshi o`yinni o`tkazdik. Janubiy Koreyaga qarshi o`yindan oldin bosh repetisiya bo`ldi. Afsuski, Bikmaev va Haydarov o`zini yaxshi his qilmagani bois, optimal tarkibda o`ynolmadik. Haydarov maydonga tushdi, Bikmaev esa tusholmadi. Umuman olganda, bu o`yinda turli taktik sxemalarni amalga tadbiq qilib ko`rdik.

Afonin katta tanaffusdan so`ng terma jamoaga qaytdi. Yaxshi o`ynadi, yangi jamoadoshlar, yangi talablar bo`lgani uchun unga biroz qiyin bo`lganiga qaramay, bugun o`zini yaxshi tomondan namoyish qila oldi. Uni Rossiyadagi o`yinlarini ham kuzatib boryapmiz, yaxshi mavsumni o`tkazmoqda.

Ba`zi futbolchilar jarohat olgani bois, Shukurovni boshqa nuqtada o`ynatib ko`rdim. U - universal futbolchi.Istalgan joyda o`ynay oladi.Ko`rsatmalarni og`ishmay bajara oladigan intizomli futbolchi. Kelajagi porloq, deb bilaman va terma jamoaga katta foyda keltiradi degan umiddaman.

Bu o`yinda Janubiy Koreyaga qarshi qo`llanadigan o`yin taktikasini sinovdan o`tkazdik, hammasini oldindan, daqiqama-daqiqa rejalashtirgandik.

Osiyoda kuchsiz jamoa qolmaganiga bugungi o`yin ham misol bo`la oladi. Iordaniya biz uchun yaxshi raqib bo`ldi” - deydi Samvel Babayan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!