JCh–2018. Argentina yirik hisobda Braziliyaga mag`lub bo`ldi

09:57, 11 noyabr

Janubiy Amerika qit`asi – KONMEBOLdan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 11-turida Braziliya terma jamoasi o`z maydonida Argentina bilan o`zaro bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda braziliyaliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. Koutino, Neymar va Paulino tomonidan kiritilgan gollar Braziliyaning yirik g`alabasini ta`minladi.

Braziliya – Argentina 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 25 Koutino, 2:0 – 45 Neymar, 3:0 – 58 Paulino.

Braziliya – Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda (Tiago Silva, 87), Paulino, Fernandino, Renato Augusto, Koutino (Duglas Kosta, 85), Neymar, Gabriel Jezus (Firmino, 82).

Argentina – Romero, Otamendi, Mas, Sabaleta, Funes Mori, Bigliya, Maskerano, Peres (Aguero, 46), Di Mariya (Korrea, 71), Messi, Iguain.

Ogohlantirishlar: Fernandino (6), Marselo (48), Funes Mori (56), Otamendi (63), Bigliya (84).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!