200 000 dollarlik nikoh ko`ylagi yoki AQShning birinchi xonimi haqida 11 fakt

10:31, 11 noyabr

Saylov — har bir mamlakat tarixidagi muhim voqealardan biridir, deb xabar berdi “Marketium.ru” nashri. 

AQShda 2016 yilning 8 noyabr kuni o`tkazilgan prezident saylovida Donald Tramp g`alaba qozondi. Bu voqea dunyo uchun qanday o`zgarishlarni olib kelishi noma`lum bo`lsa-da, ammo AQShning birinchi xonimi qanday ko`rinishga egaligi  barchaga besh qo`lday ayondir. 

Uning ismi Melanya Tramp bo`lib, dunyo tarixidagi eng go`zal birinchi xonim ekanligi rasman tan olindi. Bu go`zal xonim hayotidagi yagona qiziqarli fakt emas. Melanya haqida tasavvurga ega bo`lish uchun u haqdagi 11 ta fakt bilan sizni tanishtirishga qaror qildik.

 

1. Donald Tramp Melanyaga radio orqali muhabbat izhor qilgan. Bo`lajak AQSh prezidenti romantikani sevgani bois, o`z his-tuyg`ularini butun mamlakatga oshkor qilgan!

 

2. Bu go`zal ayolning to`yida kiygan libosi qanchaga tushgan, deb o`ylaysiz? Baribir topolmaysiz, chunki uning narxi ikki yuz ming dollar bo`lgan!

3. 1992 yilda Melanya Sloveniyaning Jana jurnali o`tkazgan go`zallik tanlovi g`olibasi bo`lgan.

4. Melanya AQShda tug`ilmagan, uning vatani Yugoslaviyadir. AQSh prezidentligi tarixida Tramp rafiqasi chet ellik bo`lgan ikkinchi prezidentdir.

5. Melanya Donald Trampning uchinchi turmushidir.

6. Melanya Donald Tramp bilan 1999 yilda Allure jurnali o`tkazgan s`yomka jarayonida tanishgan. Ular 2005 yilda turmush qurishgan, hozirda Berron ismli o`g`illari bor. Bu Donald Trampning hisob bo`yicha beshinchi farzandidir!

7. Melanya turmush o`rtog`idan 24 yosh kichkina.

8. Melanya go`zallik tanlovida g`alabaga erishmagan bo`lsa-da, turli moda jurnallari uchun suratga tushishdan charchamaydi. Uning suratlarini Vogue, Harper’s Bazaar, Glamour, Elle va dunyoning bir qancha mashhur jurnallarida ko`rish mumkin.

9. Melanya hatto yalang`och fotosessiyalarda ham qatnashadi!

10. Melanya 16 yoshida Lyublyansk universitetining “Arxitektura va dizayn” fakultetidagi o`qishini tashlab, model sifatidagi karerasini boshlash uchun Milanga otlanadi. AQShning birinchi xonimi bir qancha chet tillarni mukammal darajada bilsa-da, oliy ma`lumotga ega emas.

11.2016 yilning yozida Tramp xonim Mishel Obamaning nutqini o`zlashtirib, so`zga chiqqan. Plagiat ma`lum bo`lgach, katta janjal ko`tarildi, ammo Milanya bundan qo`rqmadi, u Mishelning nutqidan ilhomlanganini bahona qilib qo`ya qoldi.

Hali Melanya haqida yana qanday faktlar yuzaga chiqishi noma`lum, hozircha, uni AQShning birinchi xonimiga aylangani bilan qutlaymiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!