O`zbekiston rahbari AQShning yangi Prezidenti Donald Trampga mas`uliyatli davlat mansabida muvaffaqiyatlar tiladi

10:50, 11 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 2016 yilning 10 noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi ishonchli g`alabasi va Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.

O`zbekiston rahbari AQSh bilan strategik sherikchilik munosabatlarining barqaror rivojlanayotganligini ta`kidladi.

Joriy yilda Amerika Qo`shma Shtatlari tomonidan O`zbekistonning davlat mustaqilligi e`tirof etilganiga 25 yil bo`ladi. O`tgan davr mobaynida qo`shma sa`y-harakatlar natijasida O`zbekiston-AQSh hamkorligining mustahkam poydevori qurildi.

Shavkat Mirziyoev Donald Trampga sog`lik-salomatlik va mas`uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun AQSh xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik va taraqqiyot tiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!