Eron va Qatar o`rtoqlik uchrashuvlarida g`alaba qozondi

11:15, 11 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashining uchichnchi bosqichi doirasidagi raqiblari – Qatar hamda Eron terma jamoalari 10 noyabr kuni o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Qatar o`z maydonida Rossiya terma jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Samedov penaltidan hisobni ochdi. O`yinning 29-daqiqasida Ibrohim Majid penaltidan unumli foydalana olmadi. Oradan ko`p o`tmay, 35-daqiqasida Bualim Xuxi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

72-daqiqada Budiaf burchakdan oshirilgan to`pni boshi bilan darvozaga yo`llab, Qatarni hisobda oldinga olib chiqdi. O`yin yakuniga yaqin, Rossiya hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Kokorin yo`llagan zarbani darvozabon qaytara oldi – 2:1.

Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi esa Malayziyada Papua va Yangi Gvineyaga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazib, 8:1 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida Dejaga va Tarimi o`z hisoblariga gol yozib qo`ygan bo`lsalar, ikkinchi bo`limda Rizo G`uchannajot xet-trik, Karim Ansorifard dubl qayd etdi. Eronning so`nggi goliga Ramin Rizoyan mualliflik qildi. Papua va Yangi Gvineya esa Eron darvozasiga faqat bir bora yo`l topa oldi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi o`z maydonida Iordaniya bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazib, 1:0 hisobida zafar quchdi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!