Son Xin Min O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichida bejizga ikkinchi o`rinda emasligini ta`kidladi

12:07, 11 noyabr

JCh-2018 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya - O`zbekiston uchrashuvidan oldin “Tottenxem” klubi hujumchisi Son Xen Min o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.

“Biz barchamiz O`zbekiston bilan qanchalik muhim ekanligini tushunib turibmiz. O`zbekiston yaxshi jamoa, aynan shu sababli ular ikkinchi pog`onada borishmoqda. Bu bosqichda kuchsiz raqibning o`zi yo`q.

Shu bois, O`zbekiston bilan o`yin qiyin bo`ladi. Agar g`alaba qozonsak o`zimiz uchun vaziyatni yaxshilab olamiz. Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz”, - deydi Son Xen Min Reuters axborot agentligiga.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!