Tramp o`ziga qarshi bo`lgan namoyishchilarni qoraladi

14:27, 11 noyabr

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp saylovdan norozi bo`lib, namoyish o`tkazgan odamlarni nohaqlikda aybladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Bu haqda u o`zining Tvitter sahifasida yozdi: “ Uch kun ilgari bo`lib o`tgan Prezident saylovi juda odilona va muvaffaqiyatli o`tdi. Saylovdan norozi bo`lib namoyish o`tkazayotganlar OAVlarga fitna tarqatmoqdalar. Bu adolatdan emas!”  

AQShning bir qancha yirik shaharlarida mana uch kundirki, Donald Trampning prezident bo`lib saylanganidan  norozi bo`lganlar mitinglar o`tkazishdan to`xtamayapti. Bugun Oregon shtatining Portland shahrida bo`lib o`tgan norozilik namoyishi ommaviy tartibsizlikka aylanib ketdi. Polisiyaning ma`lumot berishicha, namoyishchilar vitrinalarni sindirib, mashinalar harakatiga to`sqinlik qilgan. Polisiyachilar bir necha odamni qo`lga olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!