Ronaldu: Men futbolchi Zidandan ko`ra ko`proq murabbiy Zidanning muxlisiman

15:13, 11 noyabr

Portugaliya terma jamoasi hamda “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida iliq fikrlar bildirib o`tdi.

“Zidan bilan munosabatlarimiz yaxshi. O`tgan mavsumda biz Evropa Chempionlar ligasida g`alaba qozondik. Men futbolchi Zidandan ko`ra ko`proq murabbiy Zidanning muxlisiman.

U ajoyib mutaxassis va inson. Zinedin o`rganishdan to`xtamaydi. Uning yonida ekanimdan baxtiyorman”, – deydi Krishtianu Ronaldu. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!