Ulug`bek Rahmatullaevning konsertiga chiptalar 700 ming so`mgacha sotilmoqda

16:13, 11 noyabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev shu kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etmoqda.

Ajablanarli tomoni shundaki, xonanda konsertini 5 kun davomida taqdim etayotganiga qaramay muxlislarga chipta etmayapti. Xonandaning ma`lum qilishicha, chipta so`rab muxlislar hatto uning uyigacha borishmoqda.

Ayni damda kassa tashqarisida, ya`ni “qo`lga chiqib ketgan” chiptalar 700 minggacha sotilmoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, xonandaning har kunga konsert dasturiga chet davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurishmoqda.

Bu yilgi konsert dasturida Rahmatullaev 11 ta yangi tarona ijro etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!