Hojiakbar Haydarov tanqidlarga uchragan “Do`lana”ni asl holida kuyladi (Audio)

17:04, 11 noyabr

Xabaringiz bor, O`zbekiston xalq artisti marhum  Nuriddin Xaydarovning o`z davrida xit bo`lgan “Do`lana” qo`shig`ini  uning farzandi Hojiakbar Haydarov zamonaviy yo`nalishda ijro etgan edi.

Biroq taronaning  yangi  jarangi muxlislarning keskin tanqidiga uchradi. Shu sababli Hojiakbar “Do`lana”ning asl ohangiga murojat etdi hamda otasining uslubini qaytadan yangrashiga e`tibor qaratdi. 

Xullas ustoz san`atkorning farzandi tomonidan kuylangan taronaga bahoni muxlislar beradi. 

Eslatib o`tamiz, “Do`lana” qo`shig`i Anor Nazarov musiqasi, Muxammad Yusuf she`ri bilan kuylangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!