Sarvar Otamuratov Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot qildi

17:19, 11 noyabr

11 noyabr kuni O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Sirdaryo viloyati saylovchilari va jamoatchiligi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvda turli sohalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a`zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi Sirdaryo viloyati filiali direktori Jamoliddin Komilov ochib berdi va olib bordi.

Uchrashuv Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarining saylovchilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bo`lib o`tdi. 

Dastlab nomzodning hududdagi ishonchli vakili Norbobo Soatov  yig`ilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yo`nalishlarini bayon etdi. 

Nomzod joriy yilning 4 dekabrida bo`lib o`tadigan Prezident saylovi mamlakatimiz, xalqimiz qatorida sirdaryoliklar hayotida ham g`oyat muhim o`rin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir ekanligini alohida e`tirof etdi.

Uchrashuvda O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov ta`kidlaganidek, mustaqil O`zbekiston tarixining hozirgi davrida oldimizda nihoyatda mas`uliyatli vazifa turibdi. Shularni inobatga olgan holda, nomzod Dasturida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini izchil yuksaltirib borish, Vatanimizning dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi yo`lidagi ezgu maqsadlarimizni ro`yobga chiqarish bo`yicha strategik va ustuvor vazifalar belgilangan.

Nomzod saylovchilarni o`z Dasturi bilan tanishtirar ekan, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ma`naviy-ma`rifiy sohani o`zining dasturiy maqsad-vazifalari ichida etakchi o`ringa qo`yganligi keng jamoatchilik va saylovchilarga yaxshi ma`lum ekanligini ta`kidladi. Chunki o`zligini anglagan, qadriyat va an`analarini e`zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va ¬gumanitar taraqqiyotga yuz tutadi.

Mamlakatimizda bu sohada ¬erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish eng muhim vazifa. Biz doimo milliy o`zlikni anglash, milliy g`urur va qadr-qimmat tuyg`usini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berganmiz va bundan buyon ham ushbu hayotiy masalalar diqqat-markazimizda bo`ladi, deb ta`kidladi Sarvar Otamuratov.

Shunday ekan, avvalo “Barkamol avlod — millat tayanchi” tamoyili ostida biz yoshlar ongini xalqimizga yot bo`lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`siridan muhofaza qilishimiz darkor. Ularning qalbi va ongiga milliy tiklanish g`oyasini singdirish, milliy ma`naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirishimiz lozim. Bunda kino, teatr va estrada san`atida xalqimizning boy va betakror tarixi, madaniyati, an`analari va ilg`or urf-odatlarini ta`sirchan badiiy obrazlar orqali ifoda etadigan asarlarning dunyoga kelishiga ko`maklashish hamda ularni targ`ib qilish asosiy vazifamizdir.

Uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov saylovoldi Dasturida belgilangan vazifalarga to`xtalar ekan, bugungi kunda millat genofondini asrash va sog`lom avlodni voyaga etkazish masalasi muhim vazifa ekanligini ta`kidladi. Bu borada nomzod Dasturida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, genlarni modifikasiya qilish usulidan foydalanishni cheklash, aholining ovqatlanish madaniya¬tini yuksaltirish kabi vazifalarning belgilanganligi muhim ahamiyatga egadir.

Shu o`rinda nomzod saylovchilar e`tiborini hayotimizda mavjud yana bir muammoga qaratdi. U ham bo`lsa, ¬ayrim hollarda bo`lsa-da, voyaga etmaganlar o`rtasida turmush qurish holatlari hali-hamon -uchrab turganligidir. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod qayd etganidek, erta turmush va erta tug`uruqlarning oldini olish borasida aniq va ta`sirchan ¬choralar ko`rish, bu boradagi ¬targ`ibot-tashviqot ishlari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholida erta nikohga nisbatan ¬murosasizlik tuyg`usini shakl¬lantirish ¬lozim. Oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarga ¬g`amxo`rlikni oshirish bo`yicha keng ko`lamli ishlarni izchil davom ¬ettirish darkor. Zero, buyuk ajdodlarga ¬barkamol avlod munosib!

Shuningdek, uchrashuvda Sarvar Otamuratov Dasturda siyosiy va sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, sport va tashqi siyosat sohalarida belgilangan jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko`tarishning eng maqbul echim va ustuvor yo`nalishlariga to`xtalib o`tdi. Bu kabi vazifalar saylovchilarda katta qiziqish uyg`otdi.

Nomzodning Dasturini qo`llab-quvvatlab Guliston davlat universiteti kafedra mudiri A.Yo`ldoshev, Guliston shahridagi 17-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi B.Alimova, Mirzobod tumanidagi 29-umumta`lim maktabi direktori O`.Gadoev, Sirdaryo tumani agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi raisi B.Isaev va boshqalar so`zga chiqdilar.

Uchrashuv so`ngida Sarvar Otamuratov ishtirokchilarning barcha savollariga javob berdi.

Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili va so`zga chiqqanlar saylovchilarni Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratovga ovoz berishga chaqirdi.

O`zMTDP Sirdaryo viloyat kengashi
Axborot xizmati

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!