Moskvada muhabbatini rad etgan qizni olib qochgan yigit qo`lga olindi

17:24, 11 noyabr

Moskvada o`z vatandoshi bo`lgan qizni olib qochgan suriyalik yigit qo`lga olindi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri. 

“Gumonlanuvchi jismoniy kuch ishlatib, qizni majburlab Hyundai avtomobiliga o`tqazgan. Uning yonidagi mobil telefonini va 35 ming rublini tortib olgan. Qiz Shyolkovskiy shossesiga etganda, mashinadan sakrashga muvaffaq bo`lgan va polisiyaga ariza bilan murojaat qilgan”, deb ma`lumot berdi manba. 

Yigit polisiya tomonidan qo`lga olingan. Unga nisbatan “Odam o`g`irlash” va “Talonchilik” moddalari bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Ma`lum bo`lishicha, yigit bilan qiz bir-birini yaxshi tanigan. Muhabbati rad etilganiga chiday olmagan yigit qizni olib qochishga qaror qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!