O`zbek futboli yulduzlari O`FF tashkil etgan bolalar va o`smirlar futbol festivalida ishtirok etdi

08:11, 12 noyabr

7 noyabr kuni Toshkentda bolalar va o`smir futbolchilar murabbiylari uchun o`quv kurslari tashkil etilgandi. Ushbu kurs yakunida, bugun 11 noyabr kuni, O`FFning sun`iy qoplamali maydonida bolalar uchun futbol festivali tashkil etildi.

Festivalda umumiy o`rta maktablarda tahsil oladigan 8 – 12 yoshli bolalar va qizlar ishtirok etdi. Bolalar va qizlar FIFA seminari ishtirokchilari bo`lgan murabbiylar o`rgatgan turli mashqlar, futbol elementlarini bajarishdi.

Ta`kidlash kerakki, yosh futbolchilarga O`zbekiston milliy terma jamoasi sobiq a`zolari – Temur Kapadze, Anvar G`ofurov, Viktor Karpenko hamda Ulug`bek Baqoev mahorat darslari o`tib berdi.

Festival yakunida bolalar o`zbek futboli yulduzlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi, ulardan dastxat va sovg`alar olish imkoniga ega bo`lishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!