Saylovdan dam olish istagida bo`lgan amerikalik qiz o`rmonda Xillari Klintonni uchratib qoldi

08:39, 12 noyabr

AQShda bo`lib o`tgan saylovlardan charchab, dam olmoqchi bo`lgan amerkialik ayol o`rmonga yo`l oldi va u erda saylovlarda mag`lubiyatga uchragan Xillari Klintonga duch keldi, deb yozadi “Tjournal”.

 Margo Gersterismli bu ayol Nyu-York shtati Chappakua shahrida yashaydi. U AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton bilan tushgan suratini o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi.

Gersterning ma`lum qilishicha, u saylovlardan dam olish istagida Chappakua shahridagi o`zi yoqtirgan joyga borib, dam olmoqchi bo`ladi. Shunda tasodifan itlari bilan sayr qilib yurgan Bill va Xillari Klintonlarni uchratib qoladi. Tabiiyki, u bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, Xillari bilan suratga tushadi.

 “Men uni quchib, saylovlarda unga ovoz berganimda faxrlanishimni aytdim”,—deydi Gerster.

Bu so`zlarni eshitgan Klinton Gersterga minnatdorchilik bildirdi va turmush o`rtog`i bilan sayrni davom ettirdi.

Eslatib o`tamiz, 8 noyabr kuni AQShda o`tgan prezident saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton o`z raqibi Donald Trampga g`alabani boy berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!