JCh-2018. Angliya o`z maydonida Shotlandiyani yirik hisobda taslim qildi

08:45, 12 noyabr

JCh-2018 musobaqasida Evropa qit`asidan saralash bosqichi 4-turida Angliya terma jamoasi "Uembli"da Shotlandiya bilan o`zaro bahs olib bordi. 

Anchagina qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda 3:0 hisobida Angliya terma jamoasi zafar quchdi. O`yinning 24-daqiqasida Daniel Starrij hisobni ochgan bo`lsa, 50-daqiqada Adam Lallana hisobni oshirdi.

Uchrashuvdagi so`nggi golni Gari Keyxil kiritdi. 61-daqiqada Ueyn Runi tomonidan uzatilgan to`pni himoyachi Shotlandiya darvozasiga aniq yo`llab qo`ydi. 

Angliya – Shotlandiya 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 24 Starrij, 2:0 – 50 Lallana, 3:0 – 61 Keyxill. 

Angliya – Xart, Keyxill, Rouz, Uoker, Stounz, Sterling, Dayer, Xenderson, Lallana, Runi, Starrij (Vardi, 75).

Shotlandiya – Gordon, Xenli, Berra, Uolles, Anya (Paterson, 79), Braun, Fletcher, Morrison (Makartur, 66), Forrest, Snodgrass (Ritchi, 82), Griffits.

Ogohlantirishlar: Griffits (56), Keyxill (57), Runi (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!