Bir daqiqada tayyor bo`ladigan pissa

09:05, 12 noyabr

Pissa shinavandalari uchun ajoyib yangilik — quyida taklif etilayotgan resept asosida siz o`zingiz oddiy tova yordamida pissa pishirishingiz mumkin!

“Daryo” nashri pissa reseptini taqdim etdi.

Buning uchun bizga quyidagi masalliqlar kerak bo`ladi:

·         9 osh qoshiq un;

·         4 osh qoshiq smetana yoki kefir;

·         4 osh qoshiq mayonez;

·         2 ta tuxum;

·         sirka tomchisi o`ldirilgan 1 chimdim soda;

·         pishloq;

·         ta`bga ko`ra, ichiga har narsa solish mumkin.

Qanday tayyorlanadi?

Avval mayonez va kefir/smetana, un va tuxumlarni aralashtirib, sodani qo`shib, suyuq xamir tayyorlab olamiz. So`ng xamirni yog` surtilgan tovaga solamiz.

Pissaning ichiga solish uchun mo`ljallangan masalliqlarni maydalab to`g`rab, uni xamir ustiga qo`yib chiqamiz, ustidan qirg`ichdan o`ktazilgan pishloqni sepamiz.

Tova ustini yopib, 15 daqiqa pishirsak, bas — mazali pissa tayyor!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!