Ulug`bek Rahmatullaev muxlislaridan uzr so`radi

09:22, 12 noyabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev shu kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor.

Mazkur konsertga chipta naxlari o`ta yuqori narxlarda, xususan “qo`lda” 700 minggacha sotilayotgani haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan xonanda muxlislaridan kechirim so`radi.

“Muxlislarimni o`ylab, har yili chipta narxini imkon boricha arzon qilamiz. Lekin chiptalar narxi ko`chada 2-3 baravar ko`tarilib ketibdi. To`g`risi bunday narxni eshitib, o`zim ham xayron qoldim. Axir hammani sharoiti har xil. Lekin bu mening qo`limda emas. Kelasi yili yana ko`proq konsert kunlarini qo`shamiz. Balki shunda chiptalar narxi unchalik qimmat bo`lib ketmas. Ming bor uzr”,—deb yozadi xonanda Instagram`dagi sahifasida.

 

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!