Ledi Gaga Trampga qarshi urush e`lon qildi

11:18, 12 noyabr

Amerikalik xonanda Ledi Gaga Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanganini qabul qilolmadi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida amerikaliklarni petisiyani imzolashga, saylovchilar Kollegiyasini 19 dekabr kuni Xillari Klintonga qayta ovoz berishga chaqirdi:

“Agar Amerika siyosatining va Oq uyning hozirgi holatidan dahshatga tushgan bo`lsangiz, mazkur petisiyaga imzo cheking!”, deb yozdi xonanda.

Ayni paytda mazkur hujjatga 3,2 million odam imzo chekkan bo`lib, ular Trampni prezidentlikka noloyiq, tajribasiz, his-tuyg`ularini jilovlay olmaydigan, mamlakat uchun xavfli odam, deb hisoblashmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!