Kayfiyatingizni ko`tarib, hayotingizni nurga to`ldiruvchi 22 odat

11:19, 12 noyabr

Omadli va ishi yurishgan odamga aylanishni istaysizmi? Quyidagi 22 odat hayotingizni tubdan o`zgartirib yuborishi mumkin, deydi “Onedio.ru” nashri.

1. Faqat yaxshi narsalar haqida o`ylang, shunda barcha orzularingiz ro`yobga chiqadi!
2. Har kuni xonangizni yig`ishtirib, keraksiz eski-tuski kiyimlarni, keraksiz buyumlarni olib chiqib tashlang.
3. Fast-fuddan voz keching.
4. Har kuni bir paytda uxlab, bir paytda uyg`oning.
5. Tongda badantarbiya qiling.
6. Har kuni 5 ta chet el so`zini o`rganing.
7. Pulni bekorga sovurmay, tejang.
8. 8 soatdan kam uxlamang.
10. Har kuni ertalab yugurishni odat qiling.
11. Uyqu oldidan har kuni kechqurun bir stakan kefir ichishni odat qiling.
12. Labingizdan tabassum arimasin.
13. Har kuni kimgadir ozgina bo`lsa ham yordam berib, savob ishlarni amalga oshiring.
14. Gavdangizni tik tuting, bukchayib olmang.
15. Haqoratli so`zlarni og`zingizga olmang.
16. Kuniga kamida 10-15 bet kitob o`qing.
17. Odamlarga maqtov so`zlarni aytishdan erinmang.
18. Har kuni ota-onangiz uchun 1 soat vaqt ajratishga harakat qiling.
19. Har kuni biror yangilikdan xabardor bo`lishga intiling.
20. Kundalik taomnomangizda, albatta meva-sabzavotlar bo`lishini ta`minlang
21. Kuniga 1,5 litrdan kam bo`lmagan suv iching.
22. Erishgan muvaffaqiyatlaringizni kundalik daftaringizga qayd etib boring.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!