Lola o`zbek shou-biznesida ilk bor qahramonning ruhiy holatini aks ettiradigan klip suratga olmoqda (Video)

13:28, 12 noyabr

Lola ayni damda o`zining yangi “Bilmaysan” taronasiga klip suratga olayotgani haqida xabar bergandik. 

Keyingi hafta klip muxlislar hukmiga havola etiladi. 

Mazkur klip o`zbek shou-biznesida ilk bor syujet chizig`i hamda drammaturgiyasi qahramonning ruhiy holati asosiga qurilgan video bo`ladi. 

“Ehtimol har bir qiz shunday qilishni istagan bo`lardi, ammo g`urur va bosiqlik barcha hislarga erk bera olmaydi”, – deydi Lola. 

Klip qiz turli harakatlarga qo`l urishga undayotgan samimiy muhabat va ichki azobni tasvirlaydi. 

Klipda ruhan azob chekayotgan qiz sirli qahramonga kim bo`lishi ko`rsatilmaydi (ehtimol u rafiqa, sevimli ayol),  shuningdek klipda sirli qahramonga nima bo`lganligi ham ochib berilmaydi (tashlab ketganmi, halok bo`lganmi) – muhimi muhabbatdan aziyat chekayotgan qizning holati. 

Klip echimi hayotdagi oddiy haqiqatlarni tushunishga yordam beradi – hammasi o`tkinchi. Inson o`ziga kelishni boshlaganida – unda yashashga ishtiyoq paydo bo`la boshlaydi (klipdagi holatda biz shunchaki qizning lavash sotib olayotgani ko`rsatilgan).

Lola mazkur klip barchaning qalbidan joy olishiga hamda shunday holatdagi insonlarni hayotga bo`lgan ishonchini qaytarishiga ishonmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!