“Bunyodkor” “PSJ” va “Manchester Siti” bilan kuch sinashishi mumkin

16:49, 12 noyabr

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchilari Malayziyada tashkil etiladigan yirik xalqaro turnirdan taklif olishdi. Bu haqda “qaldirg`ochlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan “SuperMokh2016” turnirining nufuzi yildan-yilga oshib, ishtirokchi jamoalar geografiyasi kengayib bormoqda.

11-19 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida o`tkaziladigan musobaqada jami 36ta jamoa qatnashadi – U-12 yosh toifasida: 16ta, U-14 yosh toifasida: 20ta.

“Bunyodkor” futbol maktabining har ikkala yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilari “SuperMokh2016” musobaqasida ishtirok etish uchun taklif olishgan. Hozirgi kunda har ikkala jamoamiz ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda. 2002 yilda tug`ilganlardan iborat jamoamizni Sergey Chigodaev va Akmal Risqullaev, 2004 yilda tavallud topganlardan tashkil topgan jamoamizga Mirkamol Qosimov va Timur Boboxonov murabbiylik qilishmoqda.

Tashkilotchilar turnirda ishtirok etadigan jamoalar nomlarini ma`lum qilishdi. Musobaqa arafasida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi va shundan so`ng turnir taqvimi e`lon qilinadi.

“SUPERMOKH-2016” turniri ishtirokchilari:
U-14
1) “Manchester Siti” (Manchester, Angliya)
2) PSJ (Parij, Fransiya)
3) “Sporting” (Lissabon, Portugaliya)
4) “San-Paulu” (San-Paulu, Braziliya)
5) “Bunyodkor” (Toshkent, O`zbekiston)
6) “Seul“ FK (Seul, Janubiy Koreya)
7) “Seongnam Ilva Chunma” (Sonnam, Janubiy Koreya)
8) “Kavasaki Frontale” (Kavasaki, Yaponiya)
9) “Syonan Belmare” (Xirasuka, Yaponiya)
10) “Sepahon” (Isfahon, Eron)
11) “Buriram Yunayted” (Buriram, Tailand)
12) “Selangor” (Selangor, Malayziya)
13) Muanmar U-14 terma jamoasi
14) Bangladesh U-14 terma jamoasi
15) Tailand U-14 terma jamoasi
16) Malayziya panteralari U-14
17) Malayziya pumalari U-14
18) Malayziya sherlari U-14
19) Malayziya pumalari U-13
20) Malayziya panteralari U-13

U-12 
1) “Sporting” (Lissabon, Portugaliya)
2) “Bunyodkor” (Toshkent, O`zbekiston)
3) “Spartak” (Toshkent, O`zbekiston)
4) “Guanchjou Evergrand” (Guanchjou, Xitoy)
5) “Chonburi” (Chonburi, Tailand)
6) “Buriram Yunayted” (Buriram, Tailand)
7) “Sepahon” (Isfahon, Eron)
8) “Bayolay” FK (Kyongido, Janubiy Koreya)
9) “Key Liga akademiyasi-A” (Janubiy Koreya)
10) “Key Liga akademiyasi-V” (Janubiy Koreya)
11) “Terengganu” (Terengganu, Malayziya)
12) Avstraliya U-14 terma jamoasi
13) “Sent-Prima” (Indoneziya)
14) Malayziya panteralari U-12
15) Malayziya pumalari U-12
16) Malayziya sherlari U-12

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!