Azizbek Haydarov terma jamoa lagerini tark edi va Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushmaydi

17:22, 12 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov 15 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi JCh–2018 saralashi bosqichi 5-turida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda futbol agenti San`at Sharipov “Tvitter”dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

“Azizbek Haydarov Janubiy Koreyaga qarshi o`ynamaydi. U bugungi mashg`ulotda yana jarohat oldi va terma lagerini tark etdi”, – deb yozdi San`at Sharipov.

Qayd etish joiz, Azizbek Haydarov kichik jarohatiga qaramasdan Iordaniyaga qarshi (1:0) o`rtoqlik o`yinida maydonga tushgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!