JCh-2018. Italiya safarda Lixtenshteyn ustidan yirik hisobda g`alaba qozondi

08:55, 13 noyabr

JCh-2018 musobaqasiga Evropa mintaqasidan saralash bosqichi 4-turida Lixtenshteyn terma jamoasi o`z maydonida Italiya bilan kuch sinashdi. 

Uchrashuvning 11-daqiqasida Belotti hisobni ochgan bo`lsa, 1 daqiqadan so`ng Immobile hisobni oshirdi. 32-daqiqada Kandreva hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Birinchi bo`lim yakunida Belotti o`z hisobga dubl yozib qo`ydi. 

Mazkur guruhdan o`rin olgan Ispaniya terma jamoasi ham 4:0 hisobida Makedoniya ustidan zafar quchgani haqida avvalroq xabar bergandik

Lixtenshteyn – Italiya 0:4 (0:4, 0:0)

Gollar: 0:1 – 11 Belotti, 0:2 – 12 Immobile, 0:3 – 32 Kandreva, 0:4 – 44 Belotti.

Lixtenshteyn – Yele, Kaufmann, Rexshtayner, Ori, Kristen, Vizer, Byuxel, Burgmayer, Byuxel, Salanovich, Polverino.

Italiya – Buffon, De Shilo, Romanoli, Bonuchchi, Dzappakosta, Verratti, Bonaventura (Insine, 67), de Rossi, Kandreva (Eder, 74), Belotti, Immobile (Dzadza, 81).

Ogohlantirishlar: Ori (63), Kaufmann (76), Yele (83).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!