JCh–2018. Portugaliya yirik hisobda Latviyani mag`lubiyatga uchratdi (Video)

08:23, 14 noyabr

Evropa qit`asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 4-turida Portugaliya terma jamoasi o`z maydonida Latviya futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda Evropa chempioni 4:1 hisobida g`alaba qozondi. Ronalduning dubli, Karvalyu va Alveshning gollariga Zyuzin bitta gol bilan javob qaytardi.  

Portugaliya – Latviya 4:1 (1:0, 3:1)

Gollar: 1:0 – 28, penalti Ronaldu, 1:1 – 67 Zyuzin, 2:1 – 69 Vilyam Karvalyu, 3:1 – 85 Ronaldu, 4:1 – 90 Alvesh.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Fonte, Gerreyru, Joau Kanselu, Alvesh, Joau Mariu (Jelson Martinsh, 72), Vilyam Karvalyu, Andre Gomesh (Sanshesh, 88), Nani (Kuarejma, 65), Ronaldu, Andre Silva.

Latviya – Vanin, Gorksh, Yagodinskiy, Maksimenko, Gabov, Layzans, Freymanis, Ikaunieks (Zyuzin, 59), Tarasov, Klyushkin (Vishnyakov, 79), Rudnev (Gutkovskiy, 87).

Ogohlantirishlar:  Klyushkin (14), Andre Gomesh (16), Maksimenko (25), Gorksh (52), Gabov (76).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!