JCh–2018. Belgiya Estoniya darvozasiga 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi (Video)

08:31, 14 noyabr

JCh–2018 turniriga Evropa qit`asidan saralash bosqichi 4-turida Belgiya terma jamoasi o`z maydonida Estoniyaga qarshi kurash olib bordi.

Mazkur o`yinda jami 9 ta gol kiritilgan bo`lsa, shulardan 8 tasi belgiyaliklar hisobiga yozildi. Mertens va Lukaku dubldan qayd etishgan bo`lsa, Mene, Azar, Karrasko bittadan gol urdi.

Belgiyaning hisobiga yana bitta golni Estoniya vakili Klavan yozib qo`ydi.

Belgiya – Estoniya 8:1 (3:1, 5:0)

Gollar: 1:0 – 8 Mene, 2:0 – 16 Mertens, 3:0 – 25 Azar, 3:1 – 29 Aner, 4:1 – 62 Ferreyra Karrasko, 5:1 – 64, avtogol Klavan, 6:1 – 67 Mertens, 7:1 – 83 Lukaku, 8:1 – 88 Lukaku.

Belgiya – Kurtua, Mene, Vertongen, Siman, Dendonker, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko, Azar (Miralyas, 73), Vitsel (Simons, 88), Mertens (Tilemans, 79), Lukaku.

Estoniya – Aksalu, Baranov, Klavan, Teniste, Mets, Vasilev, Moshnikov (Kams, 63), Luts (Marin, 84), Dmitriev, Kallaste, Aner (Oyamaa, 85).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!