O`zbekiston va Qirg`iziston Hukumat delegasiyalari davlatlararo chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini ko`rib chiqdi

11:50, 14 noyabr

2016 yilning 8-13 noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan Farg`ona shahrida davlatlararo chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi Hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasining Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari bilan Qirg`iziston Respublikasining Botken, Jalol-Oobod va O`sh viloyatlari tutashgan hududlarda Davlat chegaralarasining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qo`shma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari o`tkazildi.

Ettita uchastka bo`yicha ishchi guruhlarning pozisiyalari kelishib olindi. Shunday qilib, 13 noyabr holatiga ko`ra tomonlarning pozisiyalari mos kelgan uchastkalarning umumiy soni 56 tani tashkil etmoqda.

Uchrashuvlar yakunlariga ko`ra tegishli Bayonnoma imzolandi va boshqa muvofiqlashtirilmagan uchastkalardagi dala topografik-er tuzish ishlarini o`tkazishning reja-jadvali kelishib olindi.

Uchrashuv hamjihatlik va an`anaviy do`stlik ruhida bo`lib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!