O`zbekiston MTJ Janubiya Koreyaga qarshi ko`k libosda maydonga tushadi

14:11, 14 noyabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash bahsida ishtirok etish uchun Seulga charter reysi orqali jo`nab ketgani xabar qilingan edi.

Terma jamoa Seulga etib borgan va kecha tiklanish mashqlarini o`tadi. Bu haqida O`FF matbuot xizmati telegramdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

Seuldan berilayotgan xabarlarga qaraganda, ertaga bo`lib o`tadigan uchrashuvda jamoalar qaysi libosda maydonga tushishi aniq bo`lib ulgurgan. O`zbekiston terma jamoasi so`nggi vaqtlarda bo`lganidek an`anaviy tarzda ko`k libosda maydonga tushadi. Janubiy Koreya esa o`zi uchun odatiy qizil libosda uchrashuvni o`tkazadi.

Eslatib o`tamiz, bahs 15 noyabr sanasida, Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!